APL Holandni mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topdi

Sherzod Nurmatov
27 may 2023, 15:53
Angliya Premer-ligasi (APL) o'zining rasmiy manbalariga ko'ra, "Manchester Siti" hujumchisi Erling Holand 2022/2023 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb tan olinganini e'lon qildi.

Holand mukofotni APLning 20 ta klub sardori va futbol ekspertlari guruhining ovoz berishiga ko'ra qo'lga kiritdi. Norvegiyalik hujumchi Kevin de Bryuyne ("Manchester Siti"), Harri Keyn ("Tottenxem"), Martin Edegor, Bukayo Saka ("Arsenal"), Markus Reshford ("Manchester Yunayted") va Kiran Tripper ("Nyukasl")ni ortda qoldirdi.

22 yoshli Holand joriy mavsum APL 35 ta o'yinda maydonga tushib, 36 ta gol va 8 ta golli uzatmani qayd etdi. Norvegiyalik hujumchi "Manchester Siti"ning muddatidan avval Angliya chempioni bo'lishiga yordam berdi. Bu mavsum Holand uchun APLdagi birinchisi bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: mancity.com