

65-daqiqada Kevin De Bryuyne jamoadoshi Aymerik Laportning goliga hammuallif bo'ldi. Bu belgiyalikning chempionatdagi 80-assisti bo'ldi va u mazkur natija bo'yicha MYU sobiq a'zosi Devid Bekxem bilan tenglashdi. De Bryuyne bunga ancha ertaroq erishdi – 197 o'yin (Devidda esa 266).
Bu borada yetakchi esa Rayan Giggz (162 pas) hisoblanadi. Undan keyingi o'rinlarda Sesk Fabregas (111), Ueyn Runi (103), Frenk Lempard (102), Dennis Bergkamp (94), David Silva (93), Stiven Jerrard (92) va Jeyms Milner (86) bor.



