APL. "Arsenal" 5 ta gol urilgan o'yinda mehmonda "Bornmut"ni mag'lub etdi, Raysdan dubl!

Mirjalol Normatov
4 yanv 2026
APL 20-tur doirasidagi "Bornmut" - "Arsenal" o'yini bo'lib o'tdi.

Dastlab mezbonlar vakili Evanilson 10-daqiqada to'p kiritib, hisobni ochdi. Shundan so'ng "Arsenal" uchta to'p kiritdi. Avvaliga Gabriel 16-daqiqada hisobni tenlashtirgan bo'lsa, 54 va 71-daqiqalarda Deklan Rays o'z hisobini tabloga yozdirib qo'ydi. "Bornmut" hujumchisi Eli Junior Krupi 77-daqiqada hisobni qisqartirdi.

"Arsenal" ushbu g'alabadan so'ng 48 ochko (20 ta o'yin) bilan birinchi o'rinda ketmoqda. Eng yaqin taqibchilar bo'lmish "Aston Villa"da 42 ochko (20 ta o'yin) va "Manchester Siti"da 41 ochko (19 ta o'yin) bor.






Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia