

Hujumlarga boy kechgan bahsda "qizillar"ning qo'li baland keldi. Mehmonlar yetakchisi Muhammad Saloh o'z hisobiga 1ta gol va 1ta pas yozdirib qo'ydi. "Liverpul"ning uchinchi golini zaxiradan maydonga tushgan 18 yoshli Baychetich urishga muvaffaq bo'ldi.
"Aston Villa" – "Liverpul" 1:3 (0:2, 1:1)
"Villa Park"
Gollar: 0:1 – 5 Salax, 0:2 – 37 van Deyk, 1:2 – 59 Uotkins, 1:3 – 81 Baychetich.
"Aston Villa" – Olsen, Yang, Mingz, Konsa, Din, Makginn, Buendia (Ingz, 86), Kamara (Koutino, 86), Duglas Luis, Uotkins, Beyli (Dendonker, 86).
"Liverpul" – Alisson, Aleksander-Arnold (Gomes, 79), Matip, van Deyk, Robertson, Xenderson (Baychetich, 79), Tiago Alkantara (Keyta, 67), Fabino, Oksleyd-Chemberlen (Elliott, 67), Salax, Nunes (Douk, 88).



