
Yaqin kunlarda 22 yoshli Rossiya terma jamoasi o'yinchisi maxachqalaliklar tarkibiga borib qo'shiladi, deya xabar berdi “Anji” klubining rasmiy sayti.
Kokorinning shartnomasi muddati va shartlari oydinlashtirilmagan.
Avvalroq hujumchi “Anji” bilan yillik 4 mln evro maoshli uzoq muddatli shartnoma tuzganligi, va transfer Dog'istonliklarga 19 mln evroga tushganligi xabar qilingandi.
“Aleksandr bizning klub a'zosiga aylanganidan xursandmiz. Shubhasiz, uning kuchiga umid qilamiz va u bizning klubimizda o'z istedodini namoyish qiladi deb umid qilamiz!”, - deb bayonot berdi “Anji” klubi bosh direktori Ayvaz Kaziahmedov.