Anvar Berdiev: "Qo'l ostimdagi barcha futbolchilar men uchun qadrli"

Sherzod Nurmatov
12 mar 2022, 20:51
Pro liganing 2-turidan o'rin olgan "Turon" – "Aral Samali" (3:0) o'yinidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.



"Xudoga shukrki, o'z maydonimizda g'alaba qozondik. Bahs qiyin bo'ldi. Ochilish o'yini bo'lgani bois futbolchilarda hayajon sezildi. O'yinchilarga, muxlislarga va rahbariyatga rahmat aytmoqchiman", – dedi Anvar Berdiev.

- Yangi nomlar (Siyovush Xabibulloev, Jasur O'runov)ning o'yinidan qoniqdingizmi?

- Qo'l ostimdagi barcha futbolchilar men uchun qadrli. O'yinning borishiga qarab almashtirishlarga qo'l urdik. Albatta, ularning o'yinidan qoniqish hosil qildim.

- Sardor Abduraimov oldingi o'yinda ham, bugun ham zaxiraga olindi. Bu nima bilan bog'liq?

- "Sho'rtan" bilan o'yinda u maydonda ko'p mehnat qildi. Juda ko'p kuch sarflagani uchun zaxiraga olgandik. Bugun esa o'yin taqdiri hal bo'lgani bois almashtirdik. Keyingi o'yinimiz "Buxoro" bilan bo'ladi. Shu faktor ham inobatga olindi.

- Jamoa 1-o'rinda bormoqda. Bu o'ziga yarasha bosim yuklamaydimi?

- Hozir 1-o'rinda borayotganimiz hech narsani anglatmaydi. Hali hammasi oldinda. Har bir uchrashuvda g'alaba uchun maydonga tushamiz. Yana bir bor bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga va jamoa rahbarlariga minnatdorlik bildiraman. Futbolda ko'pchilik aytganidek, "jo'jani kuzda sanaymiz". Mavsum uchun oldimizga qo'yilgan maqsadga erishishga astoydil harakat qilamiz. 


O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia