Antonio Konte "Yuventus" bilan mavsum yakunlanganidan so'ng shartnoma masalasini muhokama qiladi
Aziz Tukhtamuradov
16 apr 2014, 19:56
Turinning "Yuventus" jamoasi sport direktori Bellu Marottaning aytishicha, jamoa bosh murabbiyi Antonio Konte bilan shartnoma masalasida mavsum yakunlanganidan so'ng muzokaralar o'tkaziladi.
"Konte shartnoma masalasida mavsum yakunlanganidan so'ng gaplashib olishimizni aytdi. O'z o'rnida, biz murabbiyning ishidan mamnunmiz va u bilan xamkorlikni davom ettirishga tayyormiz", - deb aytib o'tdi Marotta.