

-Bu mening Angliya kubogidagi ilk uchrashuvi bo'ladi. Bu dunyodagi eng qadimiy turnirlardan biri va shuning uchun ham men bu musobaqani juda hurmat qilaman. Qolaversa, bu maydonga kam tushayotgan futbolchilarni o'zlarini ko'rsatishlari uchun yaxshi imkoniyat. Uchrashuvga munosib hozirlik ko'rib, musobaqada yurishmizni uzoqroq davom ettirish niyatidamiz. Eng muhimi xotirjamlikni saqlab qolib, bir jamoa bo'lib harakatlanishimiz lozim”, deya Kontening so'zlaridan iqtibos keltirmoqda “Chelsi” klubi rasmiy veb sayti.



