Anri nimani orzu qilayotganini oshkor qildi

Eldor Akmurzayev
25 fev 2020
Hozirda Kanadaning “Monreal Impakt” jamoasi ustozi sifatida faoliyat olib borayotgan Terri Anri bir kun kelib sobiq klubi “Arsenal”ga murabbiy sifatida qaytishni xohlayotganini aytib o'tdi.

“Arsenal”ni boshqarish orzuim ammo bu aniq amalga oshadi degani emas. Biroq, “Arsenal”ga murabbiylik qilishni istayman va tirik ekanman bu xohishim so'nmaydi”, deydi Anri. 

Eslatib o'tamiz, fransiyalik sobiq forvard “to'pchilar” sharafini 1999-2007 hamda 2012 yilda himoya qilgan va londonliklar tarkibida APL oltin tituli bilan birga 7ta sovrin sohibiga aylangan edi.  


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Evening Standard