Anri: "Men hali hech kim bilan muzokara o'tkazganim yo'q"

Aslanov Jasurbek
2 avg 2018, 18:14
"Arsenal" sobiq hujumchisi, ayni damda Belgiya terma jamoasida yordamchi murabbiy sifatida ishlayotgan Terri Anri hech qaysi jamoa bilan muzokara o'tkazmaganini ma'lum qildi.

Oldinroq, Angri Britaniya televideniyasida ekspert sifatida ishlashni davom ettirishdan bosh tortgan edi.

"Televideniyada ishlashni to'xtatganimdan so'ng, meni ko'plab klublar bilan bog'lashdi. Men hech qaysi klub yoki terma jamoa bilan muzokara o'tkazmaganman.

Kerakli paytda qaror qabul qilaman" - deydi Anri.

Oldinroq, Anri "Aston Villa" yoki Misr terma jamoasini boshqarishi mumkinligi e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Birmingham Mail