Anna Sidorova OFK imtihonlarida ishtirok etadi

Narzulla Saydullayev
8 iyul 2014, 11:45
O'zbekistonlik hakam Anna Sidorova yilning 26-30 sentyabr kunlari Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida hakamlar uchun tashkil etiladigan OFK imtihonlarida ishtirok etadi.
Ayollar o'rtasidagi OFK musobaqalarida faoliyat ko'rsatadigan o'zbekistonlik referi Anna Sidorova mazkur kurslarda bir qator test sinovlari va fitness mashg'ulotlarda imtihondan o'tadi. Takidlash joiz, Anna Sidorova ayollar o'rtasidagi OFK musobaqalarida hakamlik qiladigan o'zbekistonlik yagona referi hisoblanadi. O'zbekistonlik referi o'tgan yilning oktyabr oyida Xitoyda tashkil etilgan Sharqiy Osiyo o'yinlarida va boshqa bir qator OFK musobaqalarida hakamlik qilgan edi.

Ma'lumot o'rnida, Anna Sidorova futbol bo'yicha ayollar o'rtasidagi O'zbekiston Chempionati bahslarida hakamlik qiladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com