"Anji" murabbiyining iste'fosi qabul qilinmadi

Aslanov Jasurbek
1 apr 2019, 14:10
"Anji" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Magomed Adievning iste'fosini qabul qilmadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, mutaxassis klubdagi ishini davom ettiradi.

Magomed Adiev "Krasnodar"ga qarshi Rossiya Premer-ligasining 21-tur o'yinidan (0:5) so'ng iste'fo bergani e'lon qilgan edi. Keyinroq klub prezidenti Usmon Kadiev murabbiyni qolishga ko'ndirmoqchi ekanligini aytdi.

Rossiya Premer-ligasi turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/fc_anji