Angliyalik futbolchi mashinasining oynasini sindirib, yangi "Audi R8" avtomobiliga ega bo'ldi

Eldor Akmurzayev
22 yanv 2020, 21:45
“Ipsvich” hujumchisi Jeyms Norvud jarimadan qutilish maqsadida o'z mashinasining oynasini sindirishga majbur bo'ldi.

“Bizda mashg'ulotga kechikkan futbolchi katta jarima to'laydi. Shuning uchun, oynani sindirish arzonroq tushardi. Klub bazasiga ketishga tayyorgarlik ko'rar ekanman, oynadagi muzni tushirish uchun mashinadagi isitgichni yoqib, eshikni yopdim va u qulfga tushib qoldi. Kalit esa salonda qolgandi va men uyga qaytib kira olmasdim. Oynani sindirish fikri paydo bo'lmaguncha, minus besh daraja sovuqda turdim. Uchta urinishdan keyin tosh otib, nihoyat oynani sindirdim”, – deya instagram'dagi sahifasi orqali xabar qilgan Norvud.

Bundan xabar topgan klub rahbariyati futbolchiga yangi “Audi R8” avtomobilini sovg'a qildi. Angliyalik 29 yoshli forvard esa “Ipsvich”ga o'z minnatdorchiligini bildirgan. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: BBC Sport