Angliyada mavsum qaytishi mumkin bo'lgan sana e'lon qilindi

Mirjalol Normatov
13 apr 2020, 19:45
Angliyadagi futbol mavsumi 6 iyun kuni davom ettirilishi mumkin.

"ESPN" xabariga ko'ra, Angliya futbol ligasidagi barcha klublar mavsumning 6 iyun kunidan davom ettirilishiga tayyorlanmoqda. Uchrashuvlar muxlislarsiz o'tkaziladi.

Juma kuni APLning barcha 20 klubi vakillari video muloqotda qatnashadi va qolgan o'yinlarning jadvali tuzib chiqiladi.

Manbaning aytishiga ko'ra, Chempionship, Liga 1 va Liga 2 vakillari oldinroq mavsum 16 maydan davom ettirilishini istashgandi.

EFL hozirda har tomonlama Britaniya hukumati buyrug'iga bo'ysunishga majbur. Shunday bo'lsa ham Angliyada Premer-ligasi may oyidan ham davom ettirilishi ehtimoli bor.

Angliyada mavsumning qolgan qismi 5 hafta ichida tugatiladi. Shuningdek, noyabrga qadar APLdagi o'yinlarda muxlislar bo'lmasligi ham kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN