

Angliya futbol federatsiyasi Garet Sautgeyt lavozimini tark etgan taqdirda, uning o'rniga Tomas Tuxelni olib kelmoqchi. Avvalroq, Tuxel Germaniya TJni boshqarishga asosiy nomzod sifatida qaralayotgandi.
Eslatib o'tamiz, Sautgeyt 2016 yildan beri “uch sherlar”ni boshqarib kelmoqda. 49 yoshli nemis mutaxassisi esa senabr boshida “Chelsi”da iste'foga chiqarilgandi.


