Angliya TJ himoyachisi yaqin orada “Arsenal” a'zosiga aylanadi

Eldor Akmurzayev
24 iyun 2021, 21:05
Bu haqda jurnalist Devid Ornsteyn xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “Arsenal” himoyachi Ben Uaytning transferi bo'yicha “Brayton” bilan kelishuvga erishishga yaqin turibdi.

“To'pchilar” futbolchi sotib olish uchun “Brayton”ga 45+5 mln funt taklif etdi. Tomonlar o'rtasida muzokaralar davom etmoqda. Boshqa klublar Uayt borasida taklif bilan chiqmagan.

23 yoshli ingliz 2020/21 yilgi mavsum klub miqyosida 39 o'yinda qatnashdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: The Athletic