

Angliya terma jamoasining rasmiy sahifalarida Qatarda o'tkaziladigan Jahon chempionati saralash o'yinlari uchun tanlagan tarkibi e'lon qilindi. Eslatib o'tamiz, jamoa 9 oktyabr kuni Andorra, 12 oktyabr kuni esa Vengriya bilan bahs olib boradi.
To'liq tarkib bilan tanishing:
Darvozabonlar: Sem Jonston (Vest Bromvich), Jordan Pikford (Everton), Aaron Ramsdeyl (Arsenal).
Himoyachilar: Konor Koudi (Vulverxempton), Ris Djeyms (Chelsi), Tayron Mingz (Aston Villa), Lyuk Shou (Manchester Yunayted), Jon Stounz, Kayl Uolker (Manchester Siti), Fikayo Tomori (Milan), Kiran Tripper (Atletiko Madrid).
Yarim himoya: Fil Foden (Manchester Siti), Jordan Xenderson (Liverpul), Jessi Lingard (Manchester Yunayted), Meyson Maunt (Chelsi), Kalvin Fillips (Lids), Deklan Rays (Vest Xem).
Hujumchilar: Jek Grilish, Raxim Sterling (Manchester Siti), Xarri Keyn (Tottenxem), Bukayo Saka (Arsenal), Jeydon Sancho (Manchester Yunayted), Olli Uotkins (Aston Villa).




