Angliya terma jamoasi tarixda ilk bor Afrika jamoasiga mag'lub bo'ldi

Sherzod Nurmatov
12 iyun 2025, 12:26
Angliya terma jamoasi Afrika jamoasiga qarshi o'yinda tarixdagi birinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi.

10 iyun kuni Nottingem shahridagi "Siti Graund" stadionida o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvida angliyaliklar Senegalga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Bungacha "uch sherlar" Afrika jamoalariga qarshi 21 o'yin o'tkazib, 15 ta g'alaba, 6 ta durangga erishgan. Bungacha ushbu qita vakillaridan mag'lubiyatga uchralmagan edi.

Qo'shimcha antirekord – o'tkazib yuborilgan 3 ta gol. Avvalroq Angliya Afrika jamoalariga bir o'yinda ikkitadan ortiq gol urishga yo'l qo'ymasdi.

Bu o'yinda Harri Keyn ettinchi daqiqadayoq hisobni ochgan bo'lsa, Senegal Ismaila Sarr, Habib Diarra va Cheyx Sabalining gollari bilan javob qaytardi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Opta