Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Husanov haqida gapirdi

Sherzod Nurmatov
21 mar 2025, 11:30
Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Dion Dablin "Manchester Siti"da o'zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovga qanday baho berilayotgani haqida so'zlab berdi.

"U nimadir noto'g'ri ketganida yordamga keladigan o'yinchi – doim e'tibor markazida. Bazida omad kelmayotgan bo'lsa-da, yomon futbolchi emas. "Manchester Siti" vakillari va klubga yaqin odamlar bilan suhbatlashganda, ular uni tajovuzkor, to'pni yaxshi boshqaradigan, tez harakat qiladigan o'yinchi sifatida tariflashmoqda. Uning ko'plab afzalliklari bor", – dedi sobiq futbolchi.

Dablin "Manchester Yunayted", "Koventri" va "Aston Villa" jamoalaridagi o'yinlari bilan nom qozongan. U Angliya Premer-ligasida 312 o'yin o'tkazib, 111 ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Weekend Wrap