Angliya terma jamoasi futbolchisi uyiga qaytib ketdi

Aslanov Jasurbek
3 iyul 2018, 13:54
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt jamoa yarim himoyachisi Fabian Delf uyiga qaytganini ma'lum qildi.

"Manchester Siti"ning 28 yoshli xavbeki Belgiyaga qarshi o'yindan (0:1) so'ng xotini farzand ko'rishi uchun Angliyaga uchib ketdi. Ular uchinchi farzandini kutishmoqda.

"Futboldan muhimroq narsalar bor va ularning biri - oila. U oilasi uchun o'sha yerda bo'lishi kerak.

U qaytadi, hammasi bola dunyoga kelishiga bog'liq" - deydi murabbiy.

Bugun Angliya terma jamoasi JCH-2018 1/8 finalida Kolumbiyaga qarshi o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com