Angliya sobiq bosh murabbiyi Osiyo Kubogida Filippin terma jamoasini boshqaradi

Narzulla Saydullayev
27 okt 2018, 20:01
Shvetsiyalik mashhur murabbiy Sven Yoran Eriksen Osiyoda ishlaydi.

FIFA rasmiy sayti ushbu mutaxassis Filippin terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lganini e'lon qildi.

Ma'lumot uchun, Eriksen murabbiy faoliyati davomida "Benfika", "Roma", "Fiorentina", "Lacio", "Manchester Siti", "Lester", "Shanxay SIPG", Angliya, Meksika, Kot-Divuar kabi jamoalarni boshqargan.

Uning so'nggi ish joyi Xitoyning "Shenjen" klubi bo'lgandi.

Eslatib o'tamiz, Filippin BAAda o'tadigan Osiyo Kubogi guruh bosqichida Janubiy Koreya, Xitoy va Qirg'iziston bilan kuch sinashadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia