Angliya polshalik muxlislarga qo'shimcha chipta ajratdi

Tolibjon Qosimov
14 okt 2013, 12:47
Angliya futbol assotsiatsiyasi Polsha FFning talabini qondirish maqsadida, polshalik futbol muxlislari uchun JCH-2014 saralash bosqichi doirasida bo'lib o'tadigan Angliya va Polsha terma jamoalari o'yiniga qo'shimcha ravishda chipta ajratishga qaror qildi.

Boshida mehmonlar uchun chiqarilgan chiptalar soni 8 mingga etgan bo'lsa, keyinchalik bu o'yinga keladiganlar soni ortishi aytilgan. Shu sababli ular uchun ajratiladigan chiptalar soni 10 mingga etgan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru