Angliya Liga Kubogining 1/16 final bosqichi juftliklari aniqlandi

Sherzod Nurmatov
31 avg 2023, 12:45
Qiziqarli qarama-qarshiliklar bor.

Angliya Liga Kubogi 1/32 final bosqichi o'yinlari yakunlandi. Shundan so'ng 1/16 final bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Uning natijalarini "BBC Sport" e'lon qildi.

1/16 finalda APL jamoalari o'rtasida bir nechta uchrashuvlar bo'lib o'tadi. Ularning ko'pchiligi ushbu bosqichdan boshlab turnirda qatnasha boshlaydi.

Angliya Liga Kubogi 1/16 final juftliklari:

"Ipsvich" – "Vulverxempton"

"Ekseter" – "Luton"

"Aston Villa" – "Everton"

"Manchester Yunayted" – "Kristal Pelas"

"Port Veyl" – "Satton Yunayted"

"Bredford" – "Midlsbro"

"Bornmut" – "Stok Siti"

"Linkoln Siti" – "Vest Xem"

"Brentford" – "Arsenal"

"Chelsi" – "Brayton"

"Solford Siti" – "Byornli"

"Fulxem" – "Norvich"

"Blekbern" – "Kardiff Siti"

"Liverpul" – "Lester"

"Nyukasl" – "Manchester Siti"

"Mensfild Taun" – "Piterboro"

1/16 final bosqichi o'yinlari 25 sentyabr kuni boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC Sport