Angliya liga kubogi finalida Arsenal va Manchester Siti o'ynashadi

Narzulla Saydullayev
25 yanv 2018, 08:10
Angliya liga kubogi ikkinchi yarim finalida Arsenal Emireytsda Chelsini mag'lub etdi (2:1, birinchi o'yin – 0:0).

Shu tariqa, Arsen Venger jamoasi finalga chiqdi. Bir kun oldin Manchester Siti hal qiluvchi bahsga yo'llanmani qo'lga kiritgandi. Final uchrashuvi 25 fevral kuni Londondagi Uembli stadionida bo'lib o'tadi.

Arsenal uchun ushbu musobaqada 8-marta finalga chiqdi.  

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia