Angliya kubogi yarim finali. "Manchester Yunayted"ning kiyinish xonasini ko'rdingizmi?!

Tolibjon Qosimov
21 apr 2018, 20:03
Bugun Angliya kubogida birinchi yarim final uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Londondagi" Uembli" stadionida o'tkaziladigan bahsda MYU va "Tottenxem" o'zaro bellashadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:15da start oladi.

Angliya kubogi. Bugun "Manchester Yunayted" final ostonasida "Tottenxem" bilan o'ynaydi (Prevyu)


"Qizil iblislar"ning tvittyerdagi sahifasida jamoaning bugungi o'yindagi kiyinish xonasidan surat joylandi.


Angliya kubogining yarim final va final o'yinlari aynan "Uembli"da o'tkaziladi. Unda har bir klub o'z kiyinish xonasini jamoa ranglariga moslab olishi mumkin bo'ladi. Ko'rib turganingizdek, MYU vakillari o'zlariga tegishli kiyinish xonasini klub ranglari bilan bezab olishgan. Unga o'zingiz baho berishingiz mumkin.


"Tottenxem" tvitteri esa kiyinish xonasidan mana shunday suratlar joyladi.


Bir necha soat oldin olingan surat.


Londonlik muxlislar.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia