Angliya kubogi. “Tottenxem” Angliya birinchi ligaci vakilini mag'lub eta olmadi

18 fev 2018, 23:35
Angliya kubogining nimchorak finalidan o'rin olgan “Rochdeyl” – “Tottenxem” bahsi yakuniga etdi.

O'yinning 45-daqiqasida mezbonlar Xenderson tomonidan urilgan gol evaziga hisobni ochdi. “Shporlar”ning yangi a'zosi Lukas Moura 59-daqiqada debyut golini urib, hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldi. 

O'yinning 88-daqiqasida Xarri Keyn tomonidan amalga oshirilgan penalti “shporlar”ni deyarli g'alabaga olib kelgandi. 

Biroq “Tottenxem” g'alabani saqlab qola bilmadi. Devis tomonidan so'nggi soniyalarda kiritilgan gol mezbonlarga durangni taqdim etdi. Shu tariqa mazkur bahs masalasi “Uembli”da hal etiladigan bo'ldi.

Angliya kubogi. 1/8 final

“Rochdeyl” – “Tottenxem” 2:2

Gollar: 1:0 – 45 Xenderson, 1:1 – 59 Lukas Moura, 1:2 – 88, penalti Keyn, 2:2 – 90 Devis.

“Rochdeyl”: Lillis, Makgexi, Maknalti (Inman, 89), Dileyni, Kitching, Kennon, Don, Kemps, Rafferti (Retboun, 81), Xamfris (Devis, 75), Xenderson.

“Tottenxem”: Vorm, Foyt, Rouz, Tripper, Alderveyreld, Sissoko, Uinks (Lamela, 62), Vanyama, Lukas Moura (Alli, 71), Son Xyn Min, Lorente (Keyn, 76).

Ogohlantirishlar: Alderveyreld (64), Rafferti (73), Retboun (85), Makgexi (88).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia