Angliya kubogi tarixida ilk marta...

Aslanov Jasurbek
29 yanv 2017, 23:13
Angliya kubogining 1/16 final bahsida Angliya 5-divizionida ishtirok etuvchi “Satton Yunayted” jamoasi “Lids” ustidan (1:0) g'alabaga erishdi.

Kubok bahslarining 1/8 finallari tarixida ilk marta 5-diviziondan ikkita jamoa ushbu bosqichda ishtirok etadi. Ilgariroq 5-divizionning boshqa bir vakili “Linkoln Siti” jamoasi chempionship peshqadami “Brayton” klubini musobaqadan chiqarib yuborgan edi.

Angliya kubogi dunyodagi eng qadimi musobaqalardan biri hisoblanadi. Turnirning ilk mavsumi 1871/72 yillarda o'tkazilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta