Angliya Liga Kubogi. "Manchester Yunayted" 1/32 finalda 4-liga jamoasiga mag'lub bo'lib, turnirni tark etdi

Alisher Ostonov
28 avg 2025, 02:42
"Grimsbi" va "Manchester Yunayted" o'rtasidagi Liga Kubogining ikkinchi bosqich o'yini Klitorps shahridagi "Blandell Park" stadionida bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning 22-daqiqasida Charlz Vernem hisobni ochdi. Tayrell Uorren 30-daqiqada mezbonlarning ustunligini oshirdi. 75-daqiqada Brian Mbemo "Yunayted" uchun bitta gol urgan holda hisobdagi farqni bittaga qisqartirdi. Xarri Maguayr 89-daqiqada hisobni tenglashtirdi.

Uchrashuvning asosiy vaqti 2:2 hisobida yakunlandi.

Penaltilar seriyasida Andre Onana Klark Oduorning zarbasini qaytargan bo'lsa, Mateus Kunya va Brian Mbemo o'z urinishlarini golga aylantira olmadi. Uchrashuvdan keyingi seriya 12:11 hisobida "Grimsbi" foydasiga hal bo'ldi.





O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia