Angliya Kubogi. “Chelsi”ning finaldagi raqibi ma'lum bo'ldi

Eldor Akmurzayev
19 apr 2021
Musobaqa yarim finalidan o'rin olgan navbatdagi uchrashuvda “Lester” minimal hisobda “Sautgempton”ni engdi.

O'yindagi yagona gol 2-bo'lim boshida “tulkilar” hujumchisi Keleti Ixeanacho tomonidan urildi.

Shu tariqa, “Lester” Kubok finalida “Chelsi”ga qarshi to'qnash keladi. Hal qiluvchi o'yin 15 may kuni “Uembli”da bo'lib o'tadi.

"Lester" – "Sautgempton" 1:0

"Uembli"

Gol: 1:0 – 55 Ixeanacho.

"Lester" – Shmeyxel, Kastan, Fofana, Evans, Rikardu Pereyra (Olbrayton, 60), Ndidi, Tilemans, Peres (Meddison, 69), Seyunjyu, Vardi, Ixeanacho.

"Sautgempton" – Forster, Vestergor, Uoker-Piters (Tella, 85), Bednarek, Bertran (Salisu, 85), Diallo, Uord-Prouz, Djenepo (Uolkott, 73), Armstrong, Redmond (Adams, 59), Ingz.

Ogohlantirishlar: Diallo (5), Seyunjyu (49), Bednarek (90).


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia