Angliya kubogi. “Chelsi” safarda “Vulverxempton”ni mag'lub etdi

Aslanov Jasurbek
19 fev 2017, 00:59
Angliya kubogining nimchorak finalida Antonio Konte shogirdlari safarda “Vulverxempton”ni dog'da qoldirishdi.

65-daqiqada Pedro qanotdan uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga aniq yo'llagan bo'lsa, o'yinning so'nggi daqiqalari o'tib borayotgan vaqtda Diego Kosta raqib himoyachilarining “sovg'a”sini golga aylantirdi-0:2.

Angliya kubogi, 1/8 final.

“Vulverxempton” – “Chelsi” 0:2

Gollar: 0:1 – 65 Pedro, 0:2 – 89 Diego Kosta.

“Vulverxempton”: Ikeme, Xoz, Batt, Doerti, Elder Koshta, Koudi, Prays, Sevill (Saiss, 84), Edvards, Vaymann (Uilson, 76), Bedvarsson (Ronan, 84).

“Chelsi”: Begovich, Zuma, Terri, Ake, Chaloba, Fabregas, Mozes, Villian (Kante, 80), Pedro (Aspilikueta, 73), Azar (Loftus-Chik, 86), Diego Kosta.

Ogohlantirish: Sevill (21), Vaymann (33), Pedro (49), Batt (70).


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia