Angliya ilk bor Jahon Chempionatida penaltilar seriyasida g'alaba qozondi

4 iyul 2018, 08:20
Angliya terma jamoasi Jahon chempionati 1/8 finalida Kolumbiya bilan bahs olib bordi.

Angliya Kolumbiyani penaltilar seriyasi bo'yicha taslim qildi. Inglizlar bunga qadar JCH tarixida o'yindan keyingi lotereyada g'alaba qozona olmagan edi. Ular bungacha JCH-1990 yarim finalida Germaniyaga, JCH-1998 nimchorak finalida Argentinaga, JCH-2006 chorak finalida Portugaliyaga o'yindan keying penaltilar seriyasida mag'lub bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta