Angliya chempionti. “Totenxem” o'z uyida “Arsenal”dan ustun keldi

Aslanov Jasurbek
30 apr 2017, 22:41
APL 35-turidan o'rin olgan markaziy uchrashuvda “Tottenxem” futbolchilari o'z maydonlarida “Arsenal”ni taslim etishdi.

Uchrashuvning ikkinchi bo'limida mezbonlar 3 daqiqa ichida ikkita to'p kiritishni uddalashdi. Dastlab Deli Alli raqib himoyachilaridan chaqqonroq harakat qilib, bellashuvda hisobni ochgan bo'lsa, oradan ko'p o'tmay Harri Keyin o'ziga nisbatan ishlatilgan qo'pollikdan keyin belgilangan 11-metrlik jarima zarbasini bexato amalga oshirdi- 2:0.

Angliya chempionati

35- tur.

Tottenxem – Arsenal 2:0

Gollar:1:0 – 55 Alli, 2:0 – 58, penalti Keyn.

Tottenxem – Loris, Alderveyreld, Devis, Tripper (Uoker, 88), Vertongen, Eriksen, Vanyama, Dayer, Alli (Sissoko, 90), Son Xin Min (Dembele, 79), Keyn.

Arsenal –Chex, Koselni, Monreal, Gibbs, Gabriel (Belerin, 75), Remzi, Oksleyd-Chemberlen, Ozil, Jaka (Uelbek, 65), Sanches, Jiru (Uolkott, 81).

Ogohlantirish: Gabriel (70), Keyn (72), Jiru (73), Monreal (76).

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia