Angliya chempionati. “Tottenxem” mag'lubiyatdan qutulib qoldi.

Aslanov Jasurbek
22 yanv 2017, 00:39
Angliya premer ligasining 22-turi markaziy uchrashuvida muxlislar to'rtta golga guvoh bo'lishdi.

Gvardiola boshchiligidagi “Manchester Siti” futbolchilari “Tottenxem”ga qarshi bahsda  ikkinchi bo'lim boshida ketma-ket ikki to'p kiritgan bo'lishsada, yakunda g'alabani saqlab qola olishmadi. Londonliklar posboni Ugo Lorisning qo'pol xatolaridan keyin Leroy Sane va Kevin De Bryuney ikki to'p kiritishga erishishdi. 58-daqiqada Delli Alli boshi bilan Bravo darvozasini aniq nishonga olgan bo'lsa, 77-daqiqada Son Xin Min o'yinda muvozanatni tikladi- 2:2.

“Manchester Siti” – “Tottenxem” 2:2 (0:0, 2:2)

Gollar: 1:0 – 49 Sane, 2:0 – 54 de Bryuyne, 2:1 – 58 Alli, 2:2 – 77 Son Xin Min.

“Manchester Siti”: Bravo, Otamendi, Klishi (Stounz, 84), Sabaleta, Kolarov, Silva (Delf, 90), Ture, de Bryuyne, Sterling (Gabriel Jezus, 82), Sane, Aguero.

“Tottenxem”: Loris, Vimmer (Son Xyn Min, 46), Rouz, Uoker, Alderveyreld (Uinks, 65), Dembele (Sissoko, 78), Dayer, Eriksen, Vanyama, Alli, Keyn.

Preduprejdeniya: Vimmer (12), Dayer (13), Kolarov (45), Alli (51), Otamendi (52), Vanyama (87).


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia