

Klub rasmiy saytidagi ma'lumotga ko'ra, quyi liga vakili Xolandni 28 kunga ijraga olmoqchi.
“Bu haqiqatan mantiqqa ega. “Siti” o'ynamaydi (JCH-2022 tufayli) va Erlingga jismoniy holatini saqlab qolishiga yordam bermoqchimiz. 6 hafta golf o'ynashdan ko'ra yaxshiroq.
O'ylashimcha, u bizga to'g'ri kelardi, jamoamizga mos tushadi”, deydi “Eshton Yunayted” ustozi Maykl Klegg.
Mazkur jamoa hozirda o'z chempionatida 19 turdan keyin 25 ochko bilan 22 ishtirokchi orasida 11-o'rinda bormoqda.



