Andrey Shipilov: "Odatda futbolda xatolar kechirilmaydi"

Narzulla Saydullayev
19 iyul 2018, 23:28
"Metallurg" - "Bunyodkor" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Andrey Shipilov quyidagicha fikr bildirdi:

- Yaxshi o'yin guvohiga aylandik.  Raqibda ham,  bizning jamoada ham gol kiritish uchun etarlicha qulay imkoniyatlar bo'ldi.  Lekin futbolda odatda xatolar kechirilmaydi.  Jarima maydonchamiz yaqinida kichik xatoga yo'l qo'ydik va natijada gol o'tkazib yubordik.  "Bunyodkor" jamoasiga kelgusi o'yinlarda omad tilab qolaman.  Umid qilamanki,  bizning klub ham keyingi o'yinlarda muhim ochkolarni qo'lga kiritadi,  - dedi murabbiy.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz