Andrey Shipilov: "Aytishga so'z yo'q"

Sherzod Nurmatov
20 noya 2020
Coca Cola Superliganing 23-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Bunyodkor" (2:3) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Andrey Shipilov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bunyodkor" haqli g'alabani qo'lga kiritdi. Raqib butun o'yinni nazorat qildi. 0:3 paytida bemalol o'ynashdi, sovuqqonlik bilan harakat qilishdi, zaxiradagi futbolchilarga imkoniyat berishdi. Biz esa negadir qo'rqdik. Kimdan, nega qo'rqdik, bilmadim. Vaholanki, raqib safida ham ikkita oyog'i va ikkita qo'li bor futbolchilar to'p tepdi. Negadir 0:3 dan keyin uyg'ondik va qandaydir 2 a golni urdik. Tayanch yarim himoyachilari "uxladi", darvozabonimiz tushunarsiz xatolarga yo'l qo'ydi. Hayronman, aytishga so'z yo'q. "Metallurg"dagi  uch yillik faoliyatimdagi eng yomon o'yin desam bo'ladi", – deydi Shipilov.  


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia