Andrey Shipilov: "88-daqiqada qilingan xato professional klublarga xos emas"

Narzulla Saydullayev
15 apr 2018
O'zbekiston Kubogi 1/16 finali bahslari doirasida "So'g'diyona" o'z maydonida "Metallurg"ni qabul qildi va 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

O'yindan so'ng mehmonlar ustozi Andrey Shipilov o'yin borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Kubok bahslari chempionat o'yinlaridan farq qiladi. O'yinni yaxshi boshladik. 88-daqiqada qilgan xatomiz professional klublarga xos emas. "Bunyodkor" bilan bo'lgan bahsda ham xato qildik. Raqib esa xatomizni kutdi va imkoniyatdan foydalandi. Tarkibda o'zgarish qildik. O'zgarishlar esa o'zini oqlamadi. O'yinni kuchaytira olmadi."So'g'diyona" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman", - deydi Shipilov.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Сўғдиёна" матбуот хизмати