Andrey Miklyaev: "Uyda hamisha ham hujumkor o'yin namoyish etish oson emas"

Narzulla Saydullayev
25 may 2019, 21:47
“Surxon” – “Qo'qon-1912” uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Andrey Miklyaev quyidagicha fikr bildirib o'tdi:

- Anchagina qiyin uchrashuv o'tkazdik. Uyda hamisha ham hujumkor o'yin namoyish etish oson emas. Qo'qon jamoasiga ham bugun ochko juda ham zarur edi. Shu sababdan raqib ham bugun ancha qarshilik ko'rsatdi. Lekin baribir yakunda o'yin taqdirini hal etgan golni biz urishga muvaffaq bo'ldik. Bundan juda ham mamnunman. Endi e'tiborni kelasi uchrashuvga qaratamiz, - dedi mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz