Andrey Miklyaev: "Shunchaki "Lokomotiv"ning kuni emasdi"

Narzulla Saydullayev
7 apr 2017, 12:35
Oliy liganing 5-turidan o'rin olgan "Sho'rtan" - "Lokomotiv" (2:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Andrey Miklyaev o'z fikrlarini bildirdi.

"Juda ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldik. Raqibning darvozaboni juda yaxshi o'ynadi. Futbolda sen urmasang, senga urishadi. Juda achinarli, ikkita gol o'tkazib mag'lub bo'ldik.

"Lokomotiv"ga bugun shunchaki omad yetishmadi. Yigitlar harakat qilishdi, bugun "Loko"ning kuni emas edi. "Sho'rtan"ni tabriklayman, ularga g'alaba juda zarur edi.

Bizning futbolchilar raqibni mensishmadi degan fikrlarga qo'shilmayman. Maydonga tushib harakat qilishdi, ammo aytganimdek omad yetishmadi", - deydi Andrey Miklyaev.

"Lokomotiv" matbuot xizmati



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia