Andrey Miklyaev: "Qiyin ammo omadli o'yin bo'ldi"

Narzulla Saydullayev
12 avg 2017
Oliy liganing 17-turida “So'g'diyona” “Lokomotiv”ni qabul qildi va 0:4 hisobida mag'lubiyatga uchradi. O'yindan so'ng mehmonlar murabbiyi matbuot anjumaniga qatnashdi.

- Qiyin ammo omadli o'yin bo'ldi biz uchun. O'yinda yaratilgan imkoniyatlardan foydalana oldik. Birinchi golda raqib futbolchisi xatosi biz uchun tezkor gol urishga imkoniyat berdi. Goldan so'ng jamoa ruhlandi va biz o'z o'yinimizni ko'rsatishda davom etdik - deydi Miklyaev.

“So'g'diyona” matbuot xizmati



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia