Andrey Miklyaev: "Ishonaman, kelgusi bahslarda hali o'z so'zimizni aytamiz"

Narzulla Saydullayev
19 fev 2018, 21:06
“Zob Ahan” – “Lokomotiv” uchrashuvi yakunlangach, o'tkazilgan matbuot anjumanida “Loko” ustozi Andrey Miklyaev quyidagicha fikr bildirib o'tdi:

- Anchagina qiyin o'yin bo'ldi. Har ikki jamoa ham maydonga g'alaba uchun chiqqan edi. Omad bugun “Zob Ahan”ga kulib boqdi. Raqibni ushbu g'alaba bilan tabriklayman. Endi bor e'tiborimizni keyingi uchrashuvlarga qaratamiz. Hali hammada navbatdagi bosqichga chiqish uchun imkoniyat bor. Bugun himoyada yo'l qo'yilgan 2ta xato qimmatga tushdi. Mavsum endigina boshlangani sabab hali o'yinimiz to'liq takomillashib ulgurmadi. Ishonaman, kelgusi bahslarda hali o'z so'zimizni aytamiz, -  dedi Andrey Miklyaev.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz