Andrey Miklyaev: "Asosiysi – g'alaba"

Narzulla Saydullayev
18 may 2019
“Qizilqum” – “Surxon” uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Andrey Miklyaev quyidagicha fikr bildirib o'tdi:

- Juda qiyin o'yin bo'ldi. Saviya jihatidan bir-biriga ancha yaqin jamoalar maydonda o'zaro bahs olib bordi. Musobaqa jadvalini inobatga olganda bizga 3 ochko qo'lga kiritish juda ham zarur edi. 3 bora raqib darvozasini ishg'ol eta oldik. Lekin zarur bo'lmagan vaziyatda 1 ta gol o'tkazib yubordik. Asosiysi – g'alaba qozondik. Natijadan mamnunman. Kelasi o'yinlarga tayyorlanishga, xatolarni tuzatishga harakat qilamiz, - dedi mutaxassis.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia