

- Biroz asabiy o'yin guvohiga aylandik. Yigitlar bugun yomon harakat qilishmadi. Eng muhimi – yakunda qimmatli 3 ochkoga ega chiqdik. So'nggi paytlardagi qayd etilgan natijalarni inobatga olgan holda bugun g'alaba qozonishimiz shart edi. Shukr, o'yin taqdirini foydamizga hal eta oldik. Bundan mamnunman. Endi bor diqqat-e'tiborni keyingi uchrashuvlarga qaratamiz. E'tibor bersak, jamoa asosan o'z maydonida ochkolar qo'lga kiritmoqda ekan. Endi safar o'yinlarda ham muxlislarimizni chiroyli g'alabalar bilan xursand etish uchun urinamiz, - dedi mutaxassis.



