Andrey Fyodorov: "Parvoz va ob-havo ham biroz ta’sir ko'rsatdi"

Narzulla Saydullayev
12 may 2019, 23:43
“Metallurg” – “Lokomotiv” uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Andrey Fyodorov quyidagicha fikr bildirib o'tdi:

- Kutganimizdek, o'yin ancha qiyin o'tdi. Bundan oldin Chempionlar ligasi doirasida o'yin o'tkazganimizning ta’siri ham biroz sezildi. Har holda parvoz va ob-havo ham biroz ta’sir ko'rsatdi. Bugungi o'yinga tanlagan taktikamiz o'zini to'la oqlashi uchun bizga raqib darvozasining ishg'ol etilishi yetishmadi. Juda ko'p sonli yaratilgan qulay imkoniyatlar ko'kka sovurildi. Agar shu vaziyatlardan birortasini ijobiy yakunlaganimizda, bizga biroz osonroq bo'lar edi, - dedi mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz