

"Muxlislarga rahmat aytaman. O'yin og'ir o'tishini bilardik. "Bunyodkor"dan qabul qilingan mag'lubiyatdan so'ng shogirdlarim o'zlariga kelib olishdi. Gol urgandan so'ng hisobni saqlab qolishga harakat qildik. Bunda "Navbahor"ning ham xissasi bo'ldi. G'alaba uchun borini bergan yigitlarga rahmat aytaman", - deydi Andrey Fyodorov.
"Sherzod Hakimovda kichik jarohat bor edi, o'yin paytida bu uni bezovta qildi shu bois almashtirishga qaror qildik".
"Nazorat uchrashuvlarini yaxshi saviyada o'tkazdik. O'rtoqlik uchrashuvlarida kam gol o'tkazdik. Balki yigitlar o'zlarini bo'sh qo'yib yuborishgandir. Balki boshqa sababdir. Rasmiy o'yin bosimi yigitlarga ta’sir qiladi. Balkim ruhiy jihatdan rasmiy uchrashuvlarga tayyor bo'lmasak kerak".
"Navbahor" matbuot xizmati

Foto: Akramjon Mamadaliev



