Andres Inesta: Valdesning jarohati biz uchun og'ir zarba

Aziz Tukhtamuradov
27 mar 2014, 21:06
Barselona yarim himoyachisi Andres Inesta jamoa darvozaboni Valdesning mavsumning muhim pallasida jarohat olganidan afsusda ekanligini aytib o'tdi.

Bu nafaqat Valdes uchun, umuman, mavsumning eng muhim pallalaridan birida jamoa uchun judayam yomon xabar. U uchun eng muximi tezroq sog'ayib ketish.

Bu jamoa uchun qattiq zarba, lekin biz kurashni davom ettirishimiz lozim. Endi xar bir o'yinni final kabi o'tkazamiz, – deydi Inesta.

Eslatib o'tamiz, "Selta"ga qarshi o'yinda davozabon tizzasidan og'ir jarohat oldi. Endi u mavsumning qolgan qismini va jahon chempionatini o'tkazib yuboradi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru