Andres Inesta jarohatidan tuzaldi va “Chelsi”ga qarshi o'yinga tayyor

14 mar 2018, 09:40
“Barselona” sardori safga qaytdi.

9 kun avval “Atletiko”ga qashi La Liga o'yinida jarohat olgan Andres Inesta safga qaytdi. Jarohat olgan paytda futbolchining maydonga qaytishi uchun kamida 3 hafta ketishi aytilgan edi. Ammo Andres Inesta erta safga qaytishga erishdi. Bugun u “Chelsi”ga qarshi o'tadigan o'yinda jamoasiga yordam berishga tayyor.

Eslatib o'tamiz, “Barselona” - “Chelsi” uchrashuvi bugun soat 00:45 da bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: “Барселона” расмий сайти