Andre Villash-Boash: “Qiziqarlisi biz mashg'ulotlar vaqtida penalti bo'yicha mashq qilmagan edik”

Tolibjon Qosimov
31 okt 2013, 17:08
“Tottenxem” klubi bosh murabbiyi Andre Villash-Boash, Angliya liga Kubogi doirasida “Xall Siti” ustidan qozonilgan g'alaba xususida to'xtalib o'tdi. (o'yinda 2:2, penaltilar bo'yicha 8:7).

“Biz penaltilar seriyasini ajoyib o'tkazdik. Qiziqarlisi biz mashg'ulotlar vaqtida penalti bo'yicha mashq qilmagan edik. “Bazel”ga qarshi o'yinda esa aksincha penalti tepishni mashq qilgan edik, oxir oqibat hammasi boshqacha ko'rinish oldi. Futbol kutilmagan vaziyatlar ko'p sodir bo'ladi.

Muxlislarimizdan minnatdorman. Ular bizni oxirigacha qo'llab-quvvatlashdi va ruhlantirib turishdi. Bu esa bizlarga katta yordam berdi”, - deydi Villash-Boash.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru