

"Manchester Yunayted" klubi darvozaboni Andre Onana "Tottenxem"ga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi kutilmoqda. The Athletic nashrining xabar berishicha, MYU klubi Kamerun futbol federatsiyasi bilan kelishishga muvaffaq bo'lgan. Darvozabon 14 yanvar kuni "Tottenxem"ga qarshi o'yinda maydonga tushishga tayyor bo'ladi. Shundan so'ng, Onana Afrika kubogiga jo'nab ketadi va 15 yanvar kuni Gvineyaga qarshi o'ynaydi.
Ma'lumot uchun, Andre Onana ushbu mavsum APLda 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta quruq o'yin o'tkazdi.



