Andre Gomesh "Tottenxem"ga o'tmoqchi

Aslanov Jasurbek
18 iyul 2018, 08:50
"Barselona" yarim himoyachisi Andre Gomesh Kataloniya klubini tark etib, faoliyatini "Tottenxem"da davom ettirmoqchi.

24 yoshli portugaliyalik 2016 yil "Valensiya"dan "Barselona"ga o'tgan edi. Kataloniyaliklar futbolchi uchun 35 mln. evro to'lagan. Gomesh "Barselona"dagi debyut mavsumida asosiy tarkib futbolchisi bo'la olmadi. U LaLigadagi 17ta uchrashuvdagina bahsni asosiy tarkibda boshladi. Keyingi mavsum Gomesh boshlang'ich tarkibda yanada kam ko'rina boshladi. Yarim himoyachi Ispaniya chempionatining 6ta uchrashuvida ilk daqiqadan o'ynadi.

Omadsiz mavsumdan so'ng Gomesh faoliyatini "Tottenxem"da davom ettirmoqchi. "Shporlar"dan tashqari unga "Arsenal" va "Valensiya" qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo